Dunyo

Oʻgay onasining kaltaklashi oqibatida halok boʻlgan toʻrt yoshli qizchaning akasi qarindoshining vasiyligiga berildi

Oʻgay onasining kaltaklashi oqibatida halok boʻlgan toʻrt yoshli qizchaning akasi qarindoshining vasiyligiga berildi

Qashqadaryoda oʻgay onasining kaltaklashi oqibatida halok boʻlgan toʻrt yoshli qizchaning akasi yaqin qarindoshining vasiyligiga berildi. Hozirda bola mutaxassislar nazoratida boʻlib, unga psixologik va tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.

Bola Ijtimoiy himoya milliy agentligi mutaxassislari nazoratida boʻlib turibdi. Uning uchun tibbiy koʻrik tashkil etildi va psixologik yordam koʻrsatilmoqda. Zarurat tugʻilganda, unga davolanish imkoniyatini taqdim etishga tayyorlar.

Yashash joyi oʻzgarganidan keyin mutaxassislar bolaga oʻqishini davom ettirishida ham yordam bermoqdalar. Ijtimoiy xodim individual keys ochib, bolaning vaziyatini hisobga olgan holda keyingi yordam rejasini ishlab chiqmoqda.

Voyaga yetmagan bolaning xavfsizligi, sogʻligʻi va yashash sharoitlari Agentlik mutaxassislarining doimiy nazoratida boʻladi.

Fojia 26 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida yuz bergan. Toʻrt yoshli qizcha tergov maʼlumotlariga koʻra oʻgay onasi tomonidan yetkazilgan kaltaklar oqibatida vafot etgan.

Yuz bergan holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, gumonlanuvchi qoʻlga olingan. Tergov bilan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi shugʻullanmoqda. Yuz bergan voqeaga yakuniy huquqiy baho tergov yakunlariga koʻra beriladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.