Novosibirskda Oʻzbekiston fuqarosi uch yoshli qizchani oʻldirganlikda ayblanib sud qilinadi
Novosibirskda uch yoshli qizchani qiynash va oʻldirishda ayblanayotgan Oʻzbekiston fuqarosi sud oldida javob beradi. Ayblov xulosasi Novosibirsk viloyati prokuraturasi tomonidan tasdiqlandi. Tergov talqiniga koʻra, 2026 yilning 25 martidan 27 apreliga qadar erkak oʻzining sharʼiy nikohidagi xotini va uning uch yoshli qizini bir necha bor kaltaklagan. Bundan tashqari, u bolani devorga oʻrnatilgan shkaf ichiga qamab qoʻygan. Aprel oyida ayblanuvchi qizchani kaltaklagan […]

Novosibirskda Oʻzbekiston fuqarosi uch yoshli qizchani oʻldirganlikda ayblanib sud qilinadi
Novosibirskda uch yoshli qizchani qiynash va oʻldirishda ayblanayotgan Oʻzbekiston fuqarosi sud oldida javob beradi. Ayblov xulosasi Novosibirsk viloyati prokuraturasi tomonidan tasdiqlandi.
Tergov talqiniga koʻra, 2026 yilning 25 martidan 27 apreliga qadar erkak oʻzining sharʼiy nikohidagi xotini va uning uch yoshli qizini bir necha bor kaltaklagan. Bundan tashqari, u bolani devorga oʻrnatilgan shkafga qamab qoʻygan.
Aprel oyida ayblanuvchi qizchani kaltaklagan va unga tibbiy yordam chaqirmagan. 27 aprel kuni u bolaga boshi va tanasiga koʻplab zarbalar bergan. Qizcha hushini yoʻqotgan va koʻp oʻtmay shifoxonada vafot etgan.
Erkakka nisbatan qiynash, sogʻliqqa ogʻir shikast yetkazish va voyaga yetmagan shaxsni oʻldirish moddalari boʻyicha ayblov eʼlon qilingan. Jinoyat ishi Novosibirsk viloyat sudiga yuborildi.
Prokuratura maʼlumotlariga koʻra, erkak, ayol va bola Rossiyaga 2025 yilning dekabr oyida kelishgan. Ayblanuvchi va vafot etgan qizcha mamlakatda migratsiya qonunchiligini buzgan holda boʻlib turishgan.

