Dunyo

Rossiyadagi dron hujumlarida jabrlangan so‘nggi fuqaro ham O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyadagi dron hujumlarida jabrlangan so‘nggi fuqaro ham O‘zbekistonga qaytarildi

2026-yil avgust oyida Nijnekamsk shahrida yuz bergan fojiali voqealar vaqtida jabrlangan o‘zbekistonliklarning oxirgisi ham O‘zbekistonga tibbiy repatriatsiya qilindi.

2001-yilda tug‘ilgan S.A.S. avvaliga Nijnekamsk shahridagi Markaziy shifoxonaning jonlantirish bo‘limida davolangan. Keyin Tataristonning mahalliy hokimlik organlari ko‘magida vertolyot orqali Qozon shahridagi ixtisoslashtirilgan shifoxonaga yetkazilib, davolanishni davom ettirgan. U yerda fuqaro ikki murakkab jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan.

Bosh konsulxona va Migratsiya agentligi vatandoshni O‘zbekistonga evakuatsiya qilish uchun zarur reabilitatsiya jarayonlari hamda boshqa choralarni tashkil etdi. Unga konsullik-huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatildi, vatanga qaytarish bilan bog‘liq kerakli tartib-taomillar yakunlandi.

Ko‘rilgan choralar natijasida S.A.S. Uzbekistan Airways samolyotida Qozon—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga olib kelindi. U mamlakatda davolanishni davom ettirishi uchun tegishli tibbiy yordam bilan ta’minlandi.

10-avgust kuni Tataristondagi Nijnekamsk shahrida joylashgan bir qator obyektlarga dronlar orqali hujum uyushtirilgandi. Hodisa oqibatida Nijnekamsk shahridagi qurilish korxonasida ishlagan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan, yana bir qator fuqarolar esa turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonalarga joylashtirilgan.

12-avgust kuni maxsus aviareys orqali halok bo‘lgan fuqarolarning jasadlari O‘zbekistonga olib kelingan. Tashqi ishlar vazirligi xabarida qayd etilishicha, mazkur holat bilan bog‘liq barcha masalalar, jumladan, jabrlangan fuqarolarga zarur yordam ko‘rsatish ishlari Rossiya tomoni bilan hamkorlikda nazoratga olingan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.