Nodirbek Yoqubboyev jamoasi Yevropa klublari kubogida 2-örinni egalladi
Nodirbek Abdusattorov jamoasi esa 4-örinni oldi.

Nodirbek Yoqubboyev jamoasi Yevropa klublari kubogida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi
Chernogoriyada o‘tkazilgan Yevropa klublari kubogining so‘nggi, 7-turida Nodirbek Abdusattorov niderlandiyalik Aniş Giri bilan bahsda mag‘lub bo‘ldi. Natijada Abdusattovning SuperChess Romania jamoasi turnirni 11 ochko bilan 4-o‘rinda yakunladi.
Nodirbek Yoqubboyev esa hindistonlik Pranav Venkateş bilan durang o‘ynadi. Nodirbekning Novy Bor Chess Club jamoasi 13 ochko to‘plab, 2-o‘rinni egalladi.
Yakuniy uchlik quyidagicha ko‘rinish oldi:
Bayegan Pendik (Turkiya) - 13 ochko
Novy Bor Chess Club (Chexiya) - 13 ochko
Rishon LeZion A (Isroil) - 12 ochko.
Bayegan Pendik va Novy Bor bir xil ochko jamg‘argan bo‘lsa-da, Turkiya klubi qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha chempionlikni qo‘lga kiritdi.

