Sport

Abdusattorov kibersport bo‘yicha JCHda qancha ishlab topdi?

Abdusattorov kibersport bo‘yicha JCHda qancha daromad oldi?

Fransiya poytaxti Parijda bo‘lib o‘tayotgan Esports World Cup Chess musobaqasida chorak final o‘yinlari start oldi. Guruh bosqichidagi barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, pley-offga chiqqan Nodirbek Abdusattorov chorak finalda turnirni tark etdi.

O‘zbekistonlik shaxmatchi ushbu turnirdagi ishtiroki uchun 75 ming dollar pul mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Musobaqada NAVI (Natus Vincere) jamoasi nomidan qatnashgan O‘zbekistonning ikkinchi raqamli grossmeysteri Denis Lazavik bilan bahs olib bordi. Dastlabki to‘rtta partiyada g‘olib aniqlanmadi. Shundan so‘ng, armageddon bahsida Lazavik g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Shaxmatchilar "10+0" ya’ni rapid formatida bellashadilar. Turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 1,5 million AQSH dollarini tashkil etadi va g‘olib 250 ming dollarni qo‘lga kiritadi.

Foto: Liquipedia

Esports World Cup musobaqasining sovrin jamg‘armasi 1,5 million dollarni tashkil etadi. G‘olib 250 ming dollar, ikkinchi o‘rin egasi 190 ming dollar, uchinchi o‘rin sohibi 145 ming dollar, 4-o‘rinni qo‘lga kiritgan shaxmatchi esa 100 ming dollar mukofot oladi. 5–8-o‘rin egalari 75 ming, 9–12-o‘rinlar 55 ming, 13–16-o‘rinlar esa 40 ming dollar miqdorida mukofot puli bilan taqdirlanadi. Shuningdek, 17–22-o‘rindagi yana 6 nafar shaxmatchi egallagan o‘rniga qarab 20 – 27 ming dollarga ega bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, 2025-yilgi Esports World Cup kibersport turnirida NAVI jamoasi safida ishtirok etgan Nodirbek Abdusattorov 5-o‘rinni egallab, 85 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini qo‘lga kiritgan edi. Ishtirokini guruh bosqichida yakunlagan Vitality vakili Javohir Sindorov esa 50 ming AQSH dollari bilan taqdirlangan. U joriy yilgi musobaqada ishtirok etmadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish uchun cookie fayllaridan foydalanamiz. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Siz qabul qilmaguningizcha hech narsa o‘lchanmaydi.