Texnologiya

Nissan ixcham Pixo elektromobilini taqdim etdi

Nissan yangi ixcham Pixo elektromobilini taqdim etdi. Model Renault Twingo asosida yaratilgan boʻlib, 80 ot kuchiga ega bitta dvigatel va WLTP sikli boʻyicha 259 km yurish masofasiga ega.

Nissan ixcham Pixo elektromobilini taqdim etdi

Nissan yangi ixcham Pixo elektromobilini namoyish qildi. Model Renault Twingo va ikkinchi avlod Dacia Spring bilan bir xil platformada ishlab chiqilgan.

Yangi avtomobilning old va orqa qismida pikselli elementlar paydo bo‘lgan. Biroq yon tomondan qaralganda, mashina deyarli to‘liq Renault Twingo modelini eslatadi.

Elektromobilning uzunligi 3796 mm, burilish diametri esa 9,9 m. G‘ildirak bazasi 2492 mm. Pixo modeli Twingo va Spring bilan bir xil platformaga tayangan. Elektromobil 27,5 kVt·soat sig‘imli litiy-temir-fosfat batareya bilan jihozlangan. WLTP sikli bo‘yicha yurish masofasi 259 km ni tashkil etadi. Uni 50 kVt gacha quvvatli o‘zgarmas tok bilan quvvatlash mumkin. Batareya taxminan 28 daqiqada 15 foizdan 80 foizgacha zaryad oladi.

Old g‘ildiraklarni quvvati 80 ot kuchi va aylantiruvchi lahzasi 175 Nm bo‘lgan elektromotor harakatga keltiradi. Pixo 0 dan 100 km/soat tezlikka 12,1 soniyada chiqadi.

Orqa o‘rindiqlar ortidagi yukxona hajmi 356 litrni tashkil etadi, mustaqil orqa o‘rindiqlar yig‘ilganda esa bu ko‘rsatkich 1221 litrgacha oshadi.

Pixo salonining ichki ko‘rinishi Twingo salonini deyarli takrorlaydi, ammo Nissan asosiy funksiyalarni boshqarish uchun jismoniy tugmalar va regulyatorlarni saqlab qolgan. Shu bilan birga, elektromobil zamonaviy texnologiyalar, jumladan, Google Gemini ovozli yordamchisi va haydovchini aniqlash hamda shaxsiy sozlamalarni yuklash imkonini beruvchi Face ID yuzni aniqlash tizimiga ega bo‘ldi.

Pixo sotuvi Yevropada 2027-yil boshida boshlanadi. Kompaniya narxlarni 2026-yil dekabr oyida e’lon qiladi. Asosiy versiyada elektromobil narxi 20 ming yevrogacha bo‘lishi mumkin (taxminan 270 mln so‘m).

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.