Mitsubishi yangilangan Eclipse Cross’ni namoyish etdi
Yangiliklar faqat avtomobilning texnik jihozlanishiga taalluqli. Jumladan, elektr krossover sigʻimi 67 kVt·soat boʻlgan akkumulyatorli yangi boshlangʻich versiyaga ega boʻldi.

Mitsubishi yangilangan Eclipse Cross’ni taqdim etdi
Yaponiyaning Mitsubishi kompaniyasi Yevropa bozori uchun yangilangan Eclipse Cross krossoverini namoyish qildi.
Xususan, elektr krossover 67 kVt·soat sig‘imli akkumulyatorga ega yangi boshlang‘ich versiya bilan to‘ldirildi. Avtomobil bir marta quvvatlanganda 472 km masofani bosib o‘tadi. Chegirma hisobga olinganda, bunday model narxi 32 990 yevrodan (448 mln so‘m) boshlanadi.
Oldinroq Yevropada Eclipse Cross’ning bunday modifikatsiyasi yo‘q edi va krossoverni faqat 87 kVt·soat sig‘imli akkumulyator bilan xarid qilish mumkin bo‘lgan. Uning eng past narxi 45 690 yevroni (620 mln so‘m) tashkil etgan.
Mazkur modifikatsiya o‘rnini 89 kVt·soat sig‘imli batareyali model egalladi. Endi krossoverning yurish zaxirasi 650 km ga yetadi. Ushbu avtomobil narxi keyinroq ma’lum qilinadi.
Shuningdek, yangilangan Mitsubishi Eclipse Cross modernizatsiya qilingan elektr motor bilan jihozlandi, uning quvvati 215 ot kuchidan 220 ot kuchiga oshirildi. Har ikkala modifikatsiya ham tez quvvatlantirish tizimiga ega. Batareyani 15 foizdan 80 foizgacha to‘ldirish uchun mos ravishda 24 va 28 daqiqa kerak bo‘ladi.
Mitsubishi Eclipse Cross krossoveri Renault Scenic E-Tech modeli asosida yaratilgan bo‘lib, Fransiyadagi zavodda ishlab chiqariladi.

