Nilufar Allabergenova Toshkent shahri prokurori o‘rinbosari bo‘ldi
Nilufar Allabergenova Toshkent shahri prokurori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u 2023-yilning oktabridan buyon Yakkasaroy tumaniga rahbarlik qilib kelayotgandi.

Nilufar Allabergenova Toshkent shahri prokurori o‘rinbosari etib tayinlandi
Bosh prokuror buyrug‘iga muvofiq adliya katta maslahatchisi Nilufar Anvarovna Allabergenova Toshkent shahri prokurori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda idora matbuot xizmati.
Nilufar Allabergenova 1971-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1995-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Turli yillarda poytaxtning Yashnabod, Chilonzor va Mirzo Ulug‘bek tumanlari prokurori o‘rinbosari, Yakkasaroy tumani prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
U 2023-yilning 9-oktabridan buyon Yakkasaroy tumaniga rahbarlik qilib kelayotgandi va Toshkent tumanlaridan biriga hokim etib tayinlangan ilk ayol bo‘lgan.

