Toshkent shahri hokimiga yangi o‘rinbosar — Poytaxt kanallaridan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi
Doniyor Yusupov Toshkent shahri hokimi o‘rinbosari — Shahar kanallaridan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi. Bungacha u Yunusobod hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish va ekologiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari edi.

Toshkent shahri hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi — Poytaxt kanallaridan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i lavozimi berildi
Doniyor Mukumdjanovich Yusupov Toshkent shahri hokimi o‘rinbosari — Shahar kanallaridan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
U ushbu lavozimda Abdulaziz Isroilovning o‘rnini egalladi.
Doniyor Yusupov Toshkent avtomobil-yo‘llar institutining bakalavriat va magistratura bosqichlarini avtomobil yo‘llari va inshootlarini qurish, shuningdek, avtomobil yo‘llari va aerodromlar mutaxassisliklari bo‘yicha tamomlagan.
U turli yillarda Toshkent shahri yo‘l qurilish va ta’mirlash tresti, Respublika yo‘l jamg‘armasi, avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi, Toshkent shahri mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati hamda Yunusobod tumani hokimligida mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Ushbu tayinlovga qadar Yunusobod tumani hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

