Dunyo

Neyron tarmoq Napoleonning shifrlangan xatini oʻqiy oldi

1809-yilda Napoleon oʻz generaliga yuborgan xatni 200-yildan ortiq vaqt davomida hech kim oʻqiy olmagandi. GPT-6 Astra neyron tarmogʻi uchun esa xatni rasshifrovka qilishga (shifrdan chiqarish) olti soat vaqt yetarli boʻldi.

Neyron tarmoq Napoleonning shifrlangan xatini oʻqishga muvaffaq boʻldi

1809-yilda fransuz imperatori Napoleon Bonapart Avstriya bilan urushga hozirlik koʻrayotgan edi, biroq uning general Ogyust de Marmon boshchiligidagi tanlab olingan qoʻshinlari asosiy kuchlardan ajralib qolgan edi. Napoleon oʻgay oʻgʻli, Italiya vitse-qiroli Ejen de Bogarnega general bilan aloqa oʻrnatishni buyuradi. Ejen esa de Marmonga harbiy reja bayon etilgan shifrlangan maktub yuboradi. Shifr kaliti saqlanib qolmagani sababli, uning mazmuni 200 yildan ortiq vaqt davomida nomaʼlumligicha qolib kelayotgandi. GPT-6 Astra neyron tarmogʻi esa uni taxminan olti soat ichida oʻqib chiqdi.

Napoleon bu maktubni 1809-yilda oʻz generali Ogyust de Marmonga yuborgandi. U yaqinda neyron tarmogʻi Ikkinchi jahon urushi davridagi «Enigma» shifrlash mashinasi xabarini ochishga qodir boʻlganini bilib, Napoleonning xatini ham GPT-6 Astra yordamida oʻqishga qaror qiladi.

Astra rasshifrovkaga olti soat atrofida vaqt sarfladi. Napoleonning maktubi gomofonik shifr asosida tuzilgan boʻlib, unda har bir harfni ifodalash uchun bir nechta shartli belgilar nazarda tutilgan. 33 ta belgi avvalroq rasshifrovka qilingandi. Astra xatni satrlarga ajratdi, undagi 175 ta qoʻlyozma belgini aniqladi va nomaʼlum belgilar uchun qiymatlarni sinab koʻrib, ulardan ishonchli matn hosil boʻlishini tekshirish orqali shifrni buzdi.

Maʼlum boʻlishicha, Napoleon de Marmonga yuborgan maktubida fransuz qoʻshinlarining Avstriya bilan urush boshlanishidan oldingi joylashuvi va soni bayon qilingandi. Imperator generalini avstriyaliklar qayerga hujum qilmoqchi ekanidan ogohlantirib, uni dushman qarshisida ortga chekinmaslikka chaqiradi. «Jangga kirish haqida buyruq olganingizda bir necha harbiy otryadlar yoki qora xalq toʻdasi sizni choʻchitishiga yoʻl qoʻymang», – deya yozgandi Napoleon.

De Marmon uchun 1809-yilgi urush muvaffaqiyatli yakunlanadi: u fransuz qoʻshinini Dalmatsiyadan (hozirgi Xorvatiya hududi) olib chiqib, Napoleonning asosiy kuchlari bilan qoʻshiladi va kampaniya doirasidagi soʻnggi yirik jangda qatnashadi. Gʻalabadan soʻng Napoleon unga marshal unvonini beradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.