Nemis hukumati bosim ostida: Özbekiston bilan aloqalar qanday davom etadi?
Germaniya parlamenti davlat kotibi Engelhardt-Kopf şu hafta Toşkentda bölib, hukumat rasmiylari bilan körişdi. Unga biznes va olimlar delegatsiyasi hamrohlik qildi. Kun.uz bilan gaplaşgan statssekretar Özbekiston bilan hozirgaça imzolangan kelişuvlar hukumatda kim bölişidan qatʼiy nazar davom etişiga umid bildirdi.

Nemis hukumati bosim ostida: Özbekiston bilan aloqalar qanday davom etadi?
Ikkinchi jahon urushidan beri Germaniya siyosiy hayotida katta burilish ro‘y bermoqda. Germaniya uchun alternativ partiyasi mahalliy saylovlarda tarixiy rekordlarni yangilamoqda. Rejaga ko‘ra, kanslerlik uchun navbatdagi saylov 2029-yilda bo‘lib o‘tishi kerak, ammo hukumat ichkarisida siyosiy inqiroz kuchaysa, saylov undan avvalga ko‘chishi ham mumkin.
Saksoniya-Anhaltda, masalan, ultra o‘nglar 44,5 foiz ovoz bilan yetakchilik qildi. Biroq radikal millatchilarning hukumat tuzishi uchun mutlaq ko‘pchilik ovoz olishi talab etiladi. Chunki Germaniyaning hukmron va asosiy partiyalari hech qachon ular bilan ishlamaslikka kelishib olgan. Bu brandmauer texnikasi, ya’ni siyosiy to‘siq deyiladi.
Shunday vaziyatda hukumat tuzish uchun o‘ta o‘nglar yo mutlaq ovoz olishi, yo qaysidir partiya bilan kelishishi lozim.
Kun.uz shu hafta Toshkentda bo‘lgan Germaniya parlament davlat kotibi bilan suhbatlasharkan, ayni mavzuni ham o‘rtaga tashladi. Statssekretar O‘zbekiston bilan hozirgacha imzolangan kelishuvlar hukumatda kim bo‘lishidan qat’i nazar davom etishiga umid bildirdi.
Germaniya Oziq-ovqat va mintaqaviy o‘zlik masalalari vazirligi delegatsiyasi bu yerda bo‘lishdan mamnun. Menga iqtisodiyot sohasining katta delegatsiyasi, shuningdek, olimlar va amaliyotchilar hamrohlik qilmoqda. Biz qanday qilib yanada jipslashib ishlashimiz mumkinligi haqida bir qancha masalalarni muhokama qildik, shu bilan birga, yaxshi hamkorlik uchun minnatdorlik ham bildirmoqchimiz. Agar o‘tgan o‘n yilliklar bilan qiyoslasak, Germaniya va O‘zbekiston bugun ancha yaqin.
- Germaniya bilan ayniqsa qishloq xo‘jaligida yaqindan ishlash uchun qandaydir to‘siqlar bormi?
- Ha, nazarimda, biz avval odamlarni birlashtirishimiz kerak, shundan keyingina bozorlarni ham birlashtirish imkoni tug‘iladi. Agar ishlab chiqarish usullariga qarasangiz, masalan, aqlli dehqonchilikni olsak, biz bu yerdagi kompaniyalarimizni, masalan, Claas’ni borib ko‘rdik, Lemken va boshqalar ham biz bilan birga. Kelajakka nazar tashlasak, barchamiz bir xil muammolarga duch kelyapmiz, ayniqsa resurslar masalasida - qanday qilib samarali bo‘lishimiz, mahsuldorlikni qanday oshirishimiz mumkin, kelajak uchun qanday yangi texnologiyalar va usullar kerak. Masalan, iqlim o‘zgarishini olsak, bu borada iqtisodiyot sohasida, shuningdek, olimlar bilan hamkorlik qilish uchun juda yaxshi imkoniyatlarimiz bor. Masalan, bugun biz vinochilik va ekinlar ekish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot institutiga bordik va kelajakda yaxshiroq natijalarga erishish hamda hosilni saqlab qolish uchun umumiy imkoniyatlarni ko‘rib chiqyapmiz.

