«Neftchi» Elit Osiyo Chempionlar ligasida ilk o‘yinini o‘tkazdi
Uchrashuv taqdirini yagona gol hal qildi.

«Neftchi» Elit Osiyo Chempionlar ligasida ilk uchrashuvini o‘tkazdi
Farg‘onaning «Neftchi» jamoasi Elit Osiyo Chempionlar ligasidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Elit Osiyo Chempionlar ligasi 1-turidan joy olgan «Neftchi» – «Eyr Fors» bahsi yakuniga yetdi. Uchrashuv juda keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tdi. O‘yin taqdirini 83-daqiqada urilgan yagona gol hal qildi.
«Neftchi» – «Eyr Fors» 1:0
Gol: 1:0 – 83, Zoran Marushich (Koffi Frank Kuao).
Eslatib o‘tamiz, Osiyodagi xalqaro musobaqalarda Toshkentning «Paxtakor» klubi ham ishtirok etadi.

