Sport

«Neftçi» «Özbek Klasikosi»da «Paxtakor»ni mağlub etdi

Toşkentda ötgan Superliga bahsida «Neftçi» 3:1 hisobida ğalaba qozondi. Bu natijadan keyin Farğona şahri klubi çempionatdagi peşqadamlikni mustahkamladi: musobaqa yakunlanişiga 5 tur qolganida «Neftçi» va «Paxtakor» örtasidagi farq 5 oçkoga yetdi.

«Neftçi» «Özbek Klasikosi»da «Paxtakor»ni mağlub etdi

Superliganing 25-turida çempionlik uchun kurash olib borayotgan klublar o‘zaro bahsga kirishdi.

23-oktabr kuni Toshkentda «Paxtakor» va «Neftçi» to‘qnash keldi.

Norasmiy tarzda «Özbek Klasikosi» deb atalgan uchrashuv juda qizg‘in va keskin kurashlarga boy o‘tdi.

23-daqiqada mezbonlar hujumchisi Dostonbek Hamdamov penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.

55-daqiqada Stipe Peritsa yaqin masofadan darvozani «o‘qqa tutib» hisobni tenglashtirdi.

66-daqiqada o‘ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirgan Koffi Kuao farğonaliklarga g‘alaba keltirgan golni urdi.

89-daqiqada Jamşid Iskanderov penaltini aniq amalga oshirdi.

Bu natijadan so‘ng, «Neftçi» (58 ochko) va «Paxtakor» (53 ochko) o‘rtasidagi farq 5 ochkoga yetdi. Chempionat yakuniga qadar yana 5 ta tur bor.

PAXTAKOR - NEFTÇI 1:3

Gollar: Dostonbek Hamdamov (23 pen) - Stipe Peritsa (55), Koffi Kuao (66), Jamşid Iskanderov (89 pen)

«Paxtakor»: Vladimir Nazarov, Zayd Tahsin (Dilşod Abdullayev 79), Dilşod Saitov (Ayman Husayn 83), Ibrohim Ibragimov, Dostonbek Hamdamov (Oybek Bozorov 75), Başar Resan (Hojiakbar Alijonov 75), Abdurauf Böriev, Şerzod Nasrullayev, Flamarion, Muhammadrasul Abdumajidov, Stefan Çinedu.

«Neftçi»: Botirali Ergaşev, Boyan Siger, Ikrom Aliboyev, Vladimir Yovoviç (Ratino 70), Jamşid Iskanderov, Nurmuhammad Abduğaniev (Abror Ismoilov 46), Anvar Ğofurov, Muhsin Ubaydullayev (Alişer Odilov 46), Zoran Maruşiç (Stipe Peritsa 31), Farruh Sayfiev, Koffi Kuao (Ibrohimhalil Yöldoşev 70).

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.