O‘zbekiston Kubogi. “Neftchi” amaldagi chempion “Paxtakor”ni musobaqadan chiqarib yubordi

O‘zbekiston Kubogi: "Neftchi" amaldagi chempion "Paxtakor"ni turnirdan chetlatdi
O‘zbekiston Kubogining nimchorak final bosqichida Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi o‘z uyida Toshkentning "Paxtakor" klubini mag‘lubiyatga uchratib, chorak finalga yo‘llanma oldi.
Uchrashuvdagi yagona gol 81-daqiqada kiritildi. Zaxiradan maydonga tushgan Stipe Peritsa jarima zarbasidan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘llab, "Neftchi"ga g‘alaba keltirdi.
O‘yin davomida "Paxtakor" ham bir qancha xavfli vaziyatlar yaratdi, ammo farg‘onaliklar darvozaboni Botirali Ergashev ishonchli o‘yin ko‘rsatdi. "Neftchi" esa uchrashuv yakuniga qadar hisobni saqlab qoldi.
Shunday qilib, "Neftchi" O‘zbekiston Kubogining amaldagi g‘olibi "Paxtakor"ni musobaqadan chiqarib yubordi.

