Superliga. “Paxtakor” Qarshida “Nasaf”dan ustun keldi

Superliga. "Paxtakor" Qarshida "Nasaf"ni mag'lub etdi
O'zbekiston Superligasining 17-turidan o'rin olgan markaziy bahs Qarshi shahrida bo'lib o'tdi. Unda "Nasaf" jamoasi o'z maydonida Toshkentning "Paxtakor" klubini qabul qildi. Qizg'in va murosasiz kechgan o'yinda poytaxtliklar safarda 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuvning 15-daqiqasidayoq kutilmagan holat yuz berdi: mezbonlar himoyachisi Alibek Davronov to'pni o'z darvozasiga kiritib yubordi va "Paxtakor" hisobda oldinga chiqib oldi. Birinchi bo'lim shu hisobda yakunlandi. Ikkinchi bo'limning boshida, 48-daqiqada "Nasaf" yarim himoyachisi Sharof Muhiddinov aniq zarbasi bilan muvozanatni tikladi. Biroq uchrashuvning 71-daqiqasida "sherlar" vakili Oybek Bozorov jamoasini yana oldinga olib chiqdi va o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi – 1:2.
Ushbu muhim g'alabadan so'ng "Paxtakor" turnir jadvalida 38 ochko bilan 2-o'rinni egallagan bo'lsa, "ajdarlar" 25 ochko bilan 6-o'rinda joylashdi.
O'zbekiston Superligasi, 17-tur
"Nasaf" — "Paxtakor" 1:2
Gollar: 0:1 — Davronov (15, avtogol), 1:1 — Muhiddinov (48), 1:2 — Bozorov (71).

