Mahalliy

Nazarbekdan Çorsuga yangi avtobus yönalişi oçilişi rejalaştirilmoqda

Nazarbek orqali Çorsu savdo markaziga qatnovçi 163-sonli avtobus yönalişini taşkil etiş rejalaştirilgan. U Töqimaçilar mahallasi, Nazarbek va Tarnov hududlarini qamrab oladi. Yangi yönalişlar uçun xarid qilinayotgan 54 ta avtobus 2026-yil noyabr oxirigaça yetib kelişi kutilmoqda.

Nazarbekdan Çorsuga yangi avtobus yo‘nalishi ochilishi rejalashtirilmoqda

Toshkent shahar Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatga javoban ma’lum qildi. Unda Nazarbekda jamoat transporti yetishmasligi, avtobuslarni uzoq kutishga to‘g‘ri kelayotgani aytilgan va poytaxtga qatnovlarni ko‘paytirish so‘ralgan.

Boshqarma ma’lumotiga ko‘ra, «Keles Renesans» MChJ Xitoyning Zhongtong kompaniyasi ishlab chiqaradigan 54 ta yangi avtobusni xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Dastlabki to‘lovlar ham amalga oshirilgan.

Avtobuslarni Toshkent viloyatining Toshkent va Zangiota tumanlarini poytaxt bilan bog‘lovchi quyidagi yangi yo‘nalishlarga biriktirish ko‘zda tutilgan:

Yo‘nalishlar brutto-shartnoma asosida tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Xususan, 163-sonli avtobus To‘qimachilar mahallasi, Nazarbek va Tarnov hududlari, Shifobaxsh suvlar hamda Beruniy ko‘chalari orqali harakatlanishi ko‘zda tutilgan.

Boshqarma yangi qatnovlar avtobus kutish vaqtini qisqartirishi va amaldagi yo‘nalishlardagi yo‘lovchilar yuklamasini kamaytirishini kutmoqda. Biroq yo‘nalishlarning ishga tushish sanasi hozircha aniq ko‘rsatilmagan: noyabr oxirigacha bo‘lgan muddat avtobuslarning yetib kelishiga taalluqli.

Hozirda Zangiota tumanini Toshkent shahri bilan bog‘lovchi 15 ta avtobus yo‘nalishi brutto-shartnoma asosida ishlamoqda.

Jumladan, 134-sonli «Bog‘ishamol mahallasi - Chilonzor metrosi» yo‘nalishida 11 ta katta sig‘imli Yutong gaz avtobusi xizmat ko‘rsatadi. Boshqarma keltirgan ma’lumotga ko‘ra, ular kuniga 134 ta qatnovni amalga oshiradi, o‘rtacha harakat oralig‘i 13 daqiqani tashkil etadi.

135-sonli yo‘nalishda esa to‘qqizta SAZ LE-60 avtobusi kuniga 119 ta qatnovni bajaradi. Ularning harakat oralig‘i 14 daqiqa deb ko‘rsatilgan.

Shuningdek, aholiga 1253-sonli «To‘qimachilar-15 - Chilonzor metrosi» va 1254-sonli «To‘qimachilar-15 - Chorsu savdo markazi» yo‘nalishli taksilari ham xizmat ko‘rsatmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.