Toshkentda ikkita avtobus yoʻnalishining harakat yoʻli oʻzgaradi
Poytaxtda 100- va 58-sonli avtobuslarlarning harakatlanishiga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Toshkentda ikkita avtobus yoʻnalishining harakat yoʻli oʻzgartiriladi
Maʼlum qilinishicha, Toshkent shahri yoʻlovchilaridan kelib tushgan murojaatlar inobatga olinib, Dilsaroy koʻchasini jamoat transporti bilan taʼminlash hamda aholiga qulaylik yaratish maqsadida 19-oktabrdan boshlab 100-sonli avtobus yoʻnalishining harakat yoʻli oʻzgartirilmoqda.
Mazkur yoʻnalishdagi avtobuslar Darxon, Yangi Olmazor, Dilsaroy, Sagʻbon koʻchalari orqali qatnaydi.
Shuningdek, Katta Darxon koʻchasida joylashgan "Ekskavator zavodi" bekatining avtobuslarni sigʻdirish imkoniyati cheklanganligi inobatga olingan hamda yoʻlovchi tashish xavfsizligini taʼminlash maqsadida 19-oktabrdan boshlab 58-sonli avtobus yoʻnalishining harakati "Darxon maydoni" bekatigacha qisqartirilmoqda.

