Mahalliy

Toshkentda beshta avtobus yo‘nalishi harakati vaqtincha o‘zgartirildi

Avtobuslar yo‘nalishi Shahrisabz va Istiqbol ko‘chalari kesishmasida avtobuslar uchun maxsus yo‘lak (BRT) qurilishi sababli vaqtincha

Toshkentda beshta avtobus yo‘nalishi harakati vaqtincha o‘zgartirildi

Toshkent shahridagi Shahrisabz va Istiqbol ko‘chalari kesishmasida avtobuslar uchun maxsus yo‘lak (BRT) qurilishi sababli beshta avtobus yo‘nalishining harakati vaqtincha o‘zgartirildi. Bu haqda Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Shahrisabz va Istiqbol ko‘chalari kesishmasida chapga burilish harakati vaqtincha cheklandi. Shu sababli shahar markazidan harakatlanadigan 2, 26, 37, 68 va 93-sonli avtobuslar bir tomonlama tartibda Shahrisabz, Maxtumquli va S. Azimov ko‘chalari orqali yo‘naltirilmoqda.

Qayd etilishicha, hududda transport oqimi ortishi va tirbandliklar yuzaga kelishi mumkin. Shu sababli avtobuslarning qatnov oralig‘i uzayishi, shuningdek, yo‘nalishlar harakatiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi ehtimoli bor.

Yo‘lovchilardan safarlarini oldindan rejalashtirish so‘raldi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.