Navoiy viloyatida voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan ishchi besh sutkaga qamaldi
Tashkent Times — bu Oʻzbekistonning barcha soʻnggi yangiliklarini taqdim etuvchi ingliz tilidagi onlayn gazetadir

Navoiy viloyatida voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan ishchi besh sutkaga qamaldi
Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi «Toza hudud» davlat unitar korxonasi ishchisi voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgani uchun besh sutkalik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan aniqlanishicha, 24 yoshli U.N. ismli shaxs qiz bilan Instagram ijtimoiy tarmogʻi orqali tanishgan.
2026 yil 19 sentyabr kuni U.N. qizga buyurtmasi borligini aytib, uni tumandagi doʻkonlardan biriga chaqirgan. Qiz kelganidan soʻng, undan oʻzi boshqarib kelgan «Damas» rusumli mashinaga oʻtirishini soʻragan.
Mashina ichida U.N. Instagram’da oʻzini Temur deb tanishtirganiga qaramay, asl ismi boshqa ekanligini aytgan. Shuningdek, u xotini va ikki nafar farzandi borligini maʼlum qilgan. Soʻngra qizni yaxshi koʻrib qolganini aytib, uning qoʻlidan ushlagan va shahvoniy mazmundagi gaplar gapirgan.
«Shundan soʻng qizim shok holatiga tushib, mashinadan tushib ketmoqchi boʻlgan. Lekin u qizimning qoʻlidan ushlab, qoʻyib yubormagan», — deydi qizning onasi oʻz koʻrsatmasida.
Sud U.N.ni Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topdi va unga nisbatan 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosini tayinladi.

