Mahalliy

Navoiy shahrida hokim oʻzgardi

2023-yil iyul oyidan buyon Navoiy shahriga rahbarlik qilib kelgan Dilmurod Ergashev lavozimidan ozod etildi. Uning oʻrniga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Bobir Islomov shahar hokimi etib tayinlandi.

Navoiy shahrida hokim almashdi

Navoiy shahriga yangi hokim tayinlandi.

Maʼlum qilinishicha, Navoiy viloyati hokimining 2026-yil 13-oktabrdagi tegishli qaroriga muvofiq Islomov Bobir Husnidinovich Navoiy shahar hokimi etib tayinlangan.

Tayinlovga qadar u “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining elektr tarmoqlaridan foydalanish boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Bobir Islomov 1981-yilda Navbahor tumanida tugʻilgan. U 2003-yilda Navoiy davlat konchilik institutini, 2005-yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini, 2012-yilda esa Oliy biznes maktabini tamomlagan.

Navoiy shahriga 2023-yil iyul oyidan beri Dilmurod Ergashev rahbarlik qilib kelayotgandi.

Uning lavozimdan olinishi sababi ochiqlanmagan.

Prezident 21-iyul kuni yilning birinchi yarmida erishilgan natijalar va yil yakunigacha bajariladigan ishlar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida bosh vazirga 17 nafar hokimning lavozimga loyiqligini koʻrib chiqishni topshirgandi. Roʻyxatda Navoiy shahri hokimi ham bor edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.