Mahalliy

Namanganda ikki qizni fohishalik uchun Turkiyaga yubormoqchi bo‘lgan ayollar ushlandi

Namanganda ikki qizni fohishalik uchun Turkiyaga yubormoqchi bo‘lgan ayollar qo‘lga olindi

Namangan viloyatida ikki qizni fohishalik bilan shug‘ullanish uchun Turkiyaga jo‘natmoqchi bo‘lgan ikki ayol ushlangan.

Davlatobod tumanida yashovchi, 1990 va 1993-yillarda tug‘ilgan ikki ayol mahalliy ikki qizning ishonchiga kirgan. Ular qizlarni Turkiyaning Antalya shahriga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yuborib, u yerda topiladigan daromadlarining yarmini o‘zlashtirishni rejalashtirgan.

Ayollar qizlarni Toshkent—Antalya yo‘nalishi orqali xorijga yuborish uchun poytaxt aeroportiga olib ketayotgan paytda Chust tumani hududida to‘xtatib qolingan.

1990-yilda tug‘ilgan ayol bundan avval ham shu turdagi jinoyat sodir etgani uchun sudlangan.

Hozirda ikki ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.