Mahalliy

Andijonda qizlarni Turkiyaga fohishalikka sotmoqchi bo‘lgan ayollar ushlandi

Andijonda ayollar qizlarni Turkiyaga fohishalikka yuborishga uringanlikda gumonlanib qo‘lga olindi.

Andijon viloyatida ikki nafar ayol ikki qizni fohishalik bilan shug‘ullanish uchun Turkiyaga jo‘natishga urinayotgan vaqtda hibsga olindi. Bu haqda Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Andijon viloyati IIB tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat fosh etilgan.

1998 va 1995-yillarda tug‘ilgan ikki ayol 2002 va 1994-yillarda tug‘ilgan qizlarni aldab, ularning yo‘l va boshqa xarajatlarini qoplashni va’da qilgan. Ularning maqsadi qizlarni Turkiyaga olib borib, fohishalikka jalb qilish bo‘lgan.

Gumonlanuvchilar jabrlanuvchilarni Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiyaga olib chiqib ketishni rejalashtirgan, biroq ular Andijon viloyatining Shahrixon tumani hududida tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Qashqadaryolik ayolni fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan Turkiya fuqarosi 3 yilga qamalgan edi. Boshqa bir vaziyatda esa Namanganda ayollarni 200 dollar evaziga Dubayga fohishalikka jo‘natayotgan shaxs qo‘lga olingan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.