Mahalliy

Namanganda fuqarolarni Polshaga ishga yuborish evaziga $10,4 ming talab qilgan erkak ushlandi

Namanganda MCHJ rahbari 4 nafar fuqaroni Polshaga mavsumiy ishga yuborish evaziga 10,4 ming dollar talab qilgani aniqlandi. Erkak oldindan 4,4 ming dollarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushdi.

Namanganda fuqarolarni Polshaga ishga yuborish evaziga $10,4 ming so‘ragan erkak ushlandi

Namangan shahrida to‘rt kishini Polshaga ishga yuborishni va’da qilib, ulardan pul talab qilgan mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.

MCHJ rahbari To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro va 3 nafar tanishini Polshaga mavsumiy ishga yuborish evaziga 10,4 ming dollar so‘ragan.

Erkak oldindan 4,4 ming dollarni olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.