Mahalliy

Namanganda “Energosavdo” tuman bölimi boşliği va ustasi uşlandi

Ular dalolatnoma rasmiylaştirmaslik uçun fuqarodan 4 000 dollar söraşgan va şundan 2 500 dollarini olgan vaqtida uşlangan.

Namanganda “Energosavdo” tuman bo‘limi boshlig‘i va ustasi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahri bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali Yangi Namangan tumani bo‘limi boshlig‘i F.A. va ustasi A.A. tezkor xodimlar tomonidan ushlandi.

Ular o‘zaro til biriktirib, fuqaro B.K.ning noturar binosidagi elektr hisoblagichi go‘yoki nosoz ekanligi, dalolatnoma rasmiylashtirilsa 300 mln so‘m jarima yozilishini aytishgan.

So‘ng agar 4 000 AQSh dollari bersa, dalolatnoma rasmiylashtirmasliklarini aytib, shundan 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.