Namangan viloyatida fermerlarga yer soligʻining 90 foizi qaytariladi

Namangan viloyatida fermerlarga yer soligʻining 90 foizi qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining 90 foizini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkazish boshlanadi.
Vazirlar Mahkamasining qaroridan kelib chiqishicha, toʻlovni olish uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va ularni sotishdan yiliga har bir sotixdan BHMning 25 baravaridan ortiq daromad olish kerak. Bundan tashqari, yer soligʻini toʻliq toʻlash va oʻtgan yillar uchun qarzdorlikka ega boʻlmaslik lozim.
Qaytarishni rasmiylashtirish uchun yer egalari "Onlayn mahalla" platformasida yer maydoni, yetishtiriladigan mahsulot turlari va ularni realizatsiya qilish hajmlarini koʻrsatishlari kerak boʻladi. Daromadni hisoblash uchun mahsulot qiymati UzexAgro platformasidagi narxlar hisobga olingan holda belgilanadi.
Agar fermer yerdan hujjatsiz foydalanayotgan boʻlsa yoki ularda koʻrsatilganidan kattaroq maydonni egallagan boʻlsa, qaytariladigan summa miqdori kamaytiriladi.
Toʻlov summasini Soliq qoʻmitasi avtomatik ravishda hisoblab chiqaradi. Mablagʻlar bank kartasiga oʻtkaziladi, qaytarishni esa soliq organlarining maxsus mobil ilovasi orqali rasmiylashtirish mumkin boʻladi.
Tajriba 2027 yilda oʻtkaziladi, tartib esa 2028 yil boshigacha amal qiladi.
Avvalroq Oʻzbekistonda fermerlar, paxta-tola klasterlari, tayyor mahsulot eksport qiluvchilar va koʻp miqdorda ish oʻrinlari yaratayotgan sanoat korxonalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi chora-tadbirlar eʼlon qilingan edi.

