Namangan viloyati hokimiga ikki o‘rinbosar tayinlandi
Abdusalomov Azizbek Baxtiyor o‘g‘li Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari —

Namangan viloyati hokimiga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi
Oxunbabayev Xondamir Hakimovich Namangan viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Xondamir Oxunbabayev 1989-yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. 2013-yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutini bitirgan.
Mehnat faoliyatini 2012-yilda Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazida bosh mutaxassis sifatida boshlagan. Keyinchalik Investitsiyalar davlat qo‘mitasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i, «Aisha Home Textile» qo‘shma korxonasida tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘limi boshlig‘i va ishlab chiqarish boshlig‘i, Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasida Hududiy sanoatni rivojlantirish sho‘’basi boshlig‘i, Namangan viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — Loyiha ofisi rahbari lavozimlarida ishlagan.
Tayinlovga qadar u «Namangan erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi» davlat muassasasi direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Abdusalomov Azizbek Baxtiyor o‘g‘li Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Azizbek Abdusalomov 1992-yil 17-aprelda Mingbuloq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. 2017-2024-yillarda Namangan muhandislik-texnologiya institutini tamomlagan. Mutaxassisligi — muhandis-texnolog, iqtisodchi.
A. Abdusalomov mehnat faoliyatini dastlab Mingbuloq tumanidagi «Azizbek Abdusalomov» fermer xo‘jaligida boshlagan. Keyinchalik Mingbuloq tuman Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi, Namangan viloyat Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi o‘rinbosari, kengash raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi, Namangan viloyati Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi, Namangan viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Tayinlovga qadar u Mingbuloq tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

