Mahalliy

Namangan va Fargʻona viloyatlarida 24 kilogramm gashish musodara qilindi. Video

Namangan va Fargʻona viloyatlarida 24 kilogramm gashish musodara qilindi. Video

Namangan va Fargʻona viloyatlarida huquq-tartibot idoralari xodimlari 24 kilogramm gashish sotilishining oldini olishdi. IIV maʼlumotlariga koʻra, ishtirokchilardan biri 20 kilogramm giyohvandlik moddasini qoʻshni davlat hududidan Norin daryosi orqali olib oʻtgan.

Namangan viloyatining chegaraoldi hududida Andijon viloyatida yashovchi 33 yoshli fuqaro qoʻlga olindi. IIV xabariga koʻra, u daryo orqali ichida gashish boʻlgan sumkani olib oʻtib, chegaradan taxminan 20 metr uzoqlikdagi daraxtlar tagida qoldirgan. Giyohvandlik moddalari erkakning Andijon va Namangan viloyatlaridagi sheriklari uchun moʻljallangan edi.

Shundan soʻng, guruhning boshqa aʼzolarini qoʻlga olish uchun tezkor tadbir davom ettirildi. Keyinroq Andijonda 50 yoshli erkak avvalroq topilgan gashish turkumidan 10 kilogrammini qabul qilib olayotgan vaqtda ushlandi.

Yana bir tezkor tadbir Qoʻqon shahrida oʻtkazilib, unda bir erkak gashishni 24 ming dollarga sotishga uringan vaqtida qoʻlga olindi. Beshariq tumanida esa huquq-tartibot idoralari xodimlari toʻrtta oʻramga qadoqlangan yana toʻrt kilogramm gashishni sotayotgan 35 yoshli gumonlanuvchini ushlashdi. Natijada, tarqatilishining oldi olingan giyohvandlik moddasining umumiy hajmi 24 kilogrammni tashkil etdi.

Ushbu holatlar boʻyicha 246-modda ("Giyohvandlik vositalarini koʻp miqdorda kontrabanda qilish") va 273-modda ("Giyohvandlik vositalarini oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish") bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan. Birinchi moddada 10 yildan 20 yilgacha, ikkinchi moddada esa 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan. Barcha ayblanuvchilar qamoqqa olingan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.