Mototsiklda suv ustida 40 kilometr: xitoylik tadbirkor Ginness rekordini örnatdi
Xitoyning ZXMOTO mototsikl işlab çiqaruvçi kompaniyasi asosçisi Çjan Syue maxsus qayta jihozlangan mototsiklda suv ustida 40 kilometrdan ortiq masofani bosib ötib, Ginness rekordini örnatdi. Sinov uning tuğilgan hududi - Xunan provinsiyasida ötkazildi.

Mototsiklda suv ustida 40 kilometr: xitoylik tadbirkor Ginness rekordini o‘rnatdi
Unga suv ustida sirpanish uchun mo‘ljallangan maxsus chang‘ilar o‘rnatilgan, yonilg‘i baki kattalashtirilgan va suvdan himoyasi kuchaytirilgan.
Mototsikl avval quruqlikda tezlik oladi, so‘ng suvga chiqadi. Chang‘ilar uning suv yuzasida harakatlanishiga yordam beradi, old chang‘i esa yo‘nalishni boshqarish uchun xizmat qiladi.
Orqa g‘ildirak bu jarayonda odatdagidan boshqacha ishlaydi: u qattiq yo‘lga tayanish o‘rniga suvni orqaga itarib, mototsiklni oldinga harakatlantiruvchi kuch hosil qiladi.
Rekord masofasi daryoni bir necha bor kesib o‘tish orqali to‘plangan. Ya’ni Chjan Syue 40 kilometrdan ortiq yo‘lni bir yo‘nalishda bosib o‘tmagan. Uzoq masofaga yetarli yonilg‘i zaxirasi va suv bilan takroriy kontaktga chidamlilikni ta’minlash uchun konstruksiyaga qo‘shimcha o‘zgartishlar kiritilgan.
Birinchi urinishda atigi 20 metr yurgan
Chjan Syue mototsiklda suv havzasini kesib o‘tishga ilk bor 2009-yilda uringan. O‘shanda u oddiy o‘zgartishlar kiritilgan texnikada suv yuzasida harakatni saqlab qolish mumkinligini tekshirgan.
Dastlabki tajribada u to‘rt marta suvga qulagan, eng uzoq bosib o‘tgan masofasi esa atigi 20 metr bo‘lgan. Shundan so‘ng mototsikl konstruksiyasini takomillashtirish bo‘yicha ko‘p yillik tajribalar davom etgan.
Hozirgi natija maxsus qayta jihozlangan MX450’da rekord o‘rnatish doirasida qayd etildi. Bu mototsiklning kundalik suv qatnovi yoki muntazam tashuvlar uchun tayyor ekanini anglatmaydi: u quruqlik va suvda universal foydalanishga mo‘ljallangan seriyali transport vositasi sifatida taqdim etilmagan.

