Moskvada «Yevraziya» Xalqaro mukofotini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi: laureatlar orasida Oʻzbekiston vakillari ham bor
«Rossiya» Milliy markazida «Yevraziya» ANO tomonidan Rossotrudnichestvo bilan hamkorlikda taʼsis etilgan ikkinchi «Yevraziya» Xalqaro mukofotini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Mukofot xalqaro gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, rus tilini ommalashtirish, tarixiy xotirani saqlash, madaniyat va taʼlimni rivojlantirish, shuningdek, koʻngillilar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga qoʻshilgan hissani eʼtirof etadi. Bu yil tanlovga 73 ta mamlakatdan 5 500 dan ortiq talabnoma kelib tushdi. […]

Moskvada «Yevraziya» Xalqaro mukofotini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi: laureatlar orasida — Oʻzbekiston vakillari
«Rossiya» Milliy markazida «Rossotrudnichestvo» bilan hamkorlikda «Yevraziya» ANO tomonidan taʼsis etilgan ikkinchi «Yevraziya» Xalqaro mukofotini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Ushbu mukofot xalqaro gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, rus tilini ommalashtirish, tarixiy xotirani saqlash, madaniyat va taʼlimni rivojlantirish, shuningdek, koʻngillilar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga qoʻshgan hissasi uchun beriladi.
Joriy yilda tanlovga 73 ta mamlakatdan 5 500 dan ortiq ariza kelib tushdi. Finalda ishtirok etish uchun Moskvaga 1 000 dan ortiq kishi — laureatlar, ekspertlar, jamoat arboblari va faxriy mehmonlar tashrif buyurdi.
Marosimda davlat va jamoat tashkilotlari, madaniyat va taʼlim sohasi, shuningdek, xalqaro ekspertlar hamjamiyati vakillari ishtirok etdi.
Oʻzbekiston vakillari taʼlim, madaniyat va rus tilini ommalashtirish sohasidagi loyihalarni taqdim etib, mukofotning bir nechta nominatsiyalarida birdaniga laureat boʻlishdi.
«Madaniy kod» nominatsiyasida birinchi oʻrinni «Oʻzbekiston talabalar teatrlari ligasi» loyihasi bilan Farhod Joʻrayev egalladi. Tashabbus talabalar teatr harakatini rivojlantirish va rus mumtoz yozuvchilarining adabiy merosini ommalashtirishga qaratilgan. Loyiha Oʻzbekiston Davlat yoshlar teatri tomonidan «Rossotrudnichestvo» bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
«Tinchlik tili» nominatsiyasida uchinchi oʻrinni Aliya Shagayeva «Ijtimoiy-madaniy transformatsiya sharoitida A. S. Pushkin pedagogikasi: shoir merosidan taʼlim va fangacha» IV Xalqaro forumi uchun oldi. Forum turli mamlakatlardan, jumladan Rossiya, Belarus, Qozogʻiston, Turkiya va Armanistondan 67 ta muassasani birlashtiradi hamda rus tilini ommalashtirish va taʼlimni rivojlantirishga qaratilgan.
«Yorqin start» nominatsiyasida uchinchi oʻrinni Arseniy Kabachkov «Buyuk madaniyatda oʻz nuringni yoq» loyihasi bilan egalladi. Buxoro viloyati Rus madaniy markazining tashabbusi yoshlarni madaniy-maʼrifiy tadbirlar, adabiy-musiqiy kechalar, teatr sahnalashtirishlari va madaniy merosni saqlash boʻyicha loyihalar atrofida birlashtiradi.
Marosim davomida tashkilotchilar turli mamlakatlar odamlarini taʼlim, madaniyat, koʻngillilik va tarixiy xotirani saqlash sohalarida birlashtiradigan jamoatchilik loyihalarining muhimligini taʼkidladilar.
Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin oʻzining qutlov maktubida mukofotga boʻlgan qiziqish ortib borayotganini qayd etdi va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda ishonch, oʻzaro hurmat va qoʻshma tashabbuslarning ahamiyatini taʼkidladi.
Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov «Yevraziya» hamjamiyati ishtirokchilari soni 300 mingdan oshganini maʼlum qildi. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov oʻz videomurojaatida mukofotning xalaq diplomatiyasini rivojlantirish va umumiy madaniy-tarixiy merosni saqlashga qoʻshgan hissasini taʼkidladi.
«Yevraziya» ANO Vasiylik kengashi raisi Pyotr Fradkov, oʻz navbatida, tashkilotning taʼlim, madaniy va ijtimoiy dasturlariga boʻlgan talabni hamda xalqaro hamkorlikni amaliy loyihalarga aylantirishning muhimligini taʼkidladi.
Boshqa laureatlar orasida Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Hindiston, Uganda, Serbiya, Vyetnam va bir qator boshqa mamlakatlar vakillari bor. Ular xayriya, inklyuziv taʼlim, jurnalistika, oila tarixi, yoshlar yetakchiligi va madaniy almashinuv sohasidagi tashabbuslarni taqdim etdilar.
Ikkinchi «Yevraziya» Xalqaro mukofotining umumiy sovrin jamgʻarmasi 17 million rublni tashkil etdi. Moliyaviy qoʻllab-quvvatlashdan tashqari, gʻoliblar oʻz loyihalarini yanada rivojlantirish uchun mentorlik, konsultatsion va axborot yordamini oladilar.
Marosim turli mamlakatlar vakillari oʻrtasida tajriba almashish hamda taʼlim, madaniyat, koʻngillilik va xalqaro gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar taqdimoti uchun maydonchaga aylandi.

