Dunyo

Moldova havo hududi bir kunda besh marta buzildi, bir dron portladi

16-oktabr kuni dronlar Moldova havo hududini besh marta buzgan. Ulardan biri Ukraina chegarasidan qariyb 50 kilometr uzoqlikdagi Noviye Kodryani qishlogʻi yaqinida qulab, portlagan. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi hodisalarni keskin qoralagan.

Moldova havo hududi bir kunda besh marta buzildi, bir dron portladi

DW xabariga ko‘ra, Moldova Mudofaa vazirligi dron mahalliy vaqt bilan soat 16:22 da mamlakat havo hududiga noqonuniy kirganini ma’lum qilgan. Soat 17:06 da esa apparat qulab, portlagani haqida xabar berilgan.

Bundan oldin, 16-oktabrga o‘tar kechasi yana to‘rtta dronning mamlakat havo hududidan o‘tgani qayd etilgan.

Moldova TIV bunday hodisalar fuqarolar xavfsizligiga tahdid solishini ta’kidlagan. Vazirlik Rossiyani Ukrainaga hujumlarni zudlik bilan to‘xtatishga, xalqaro huquq me’yorlari, jumladan, Moldovaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilishga chaqirgan.

Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi dronning qulashi bilan 10-oktabrdan buyon havo hududi buzilishi holatlari sakkiztaga yetgan. Ular orasida 10-oktabr kuni Geamana aholi punktiga portlovchi modda ortilgan dron tushishi ham bor.

Harbiy idora 2026-yil boshidan mamlakat havo hududi buzilgan 64 ta holat qayd etilganini bildirgan. Shulardan 16 tasi oktabr oyiga to‘g‘ri keladi. Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlangan 2022-yildan buyon esa bunday hodisalar soni 101 taga yetgan.

Avvalroq, 3-oktabr kuni Moldova hududiga uchta raketa va ikkita dron tushgani xabar qilingan edi. O‘sha hodisalarda halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar bo‘lmagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.