Dunyo

Zelenskiyning samolyoti dron bilan to‘qnashishiga bir baxya qoldi

Zelenskiyning samolyoti dron bilan to‘qnashib ketishiga oz qoldi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Moldovadan Norvegiyaga uchayotgan samolyoti dron bilan urilib ketishiga sal qoldi. Bu haqda Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styore 9-sentyabr kuni NRK teleradiokompaniyasi efirida aytib o‘tdi.

“Uning samolyoti Moldovaga uchishi kerak bo‘lgan paytda dron bilan to‘qnashib ketishiga oz qoldi. Bu u yashayotgan haqiqat”, dedi Norvegiya bosh vaziri.

Siyosatchi bu ma’lumotni qayerdan olganini ochiqlamadi. Shuningdek, hodisa tasodif bo‘lganmi yoki Zelenskiyga qasddan suiqasd uyushtirishga urinish bo‘lganmi, noma’lumligicha qolmoqda.

“Kecha Moldova havo hududida dronlar xavfi sabab Zelenskiyning Osloga uchayotgan samolyoti kechiktirildi. U har kuni shunday xavf-xatarlar ostida yashaydi. Dronlar uning samolyotiga qanchalik yaqin kelgani noma’lum”.

Hozircha Ukraina rasmiylari Styorening bayonotiga munosabat bildirmadi. Zelenskiy 8-sentyabr kuni kechqurun qirol Harald V ning dafn marosimida qatnashish uchun Moldovadan Osloga keldi. Marosimdan keyin Ukraina prezidenti Yonas Gar Styore bilan uchrashdi. Norvegiya hukumatining muzokaralar haqidagi rasmiy bayonotida dron bilan bog‘liq voqea tilga olinmagan.

Moldova politsiyasi 9-sentyabr kuni qulagan dron topilgani haqida ma’lum qildi. Dron yerga urilganda portlash yuz bergan va katta voronka hosil bo‘lgan. Uning ichidan metall sharchalar ko‘rinishidagi zarar yetkazuvchi elementlar topilgan. Jabrlanganlar haqida xabar berilmagan.

Mahalliy harbiy ma’muriyatning ta’kidlashicha, 9-sentyabrga o‘tar kechasi Rossiya dronlari Moldova bilan chegaradagi Odessa viloyatidagi “Starokozache” xalqaro avtomobil o‘tkazish punktiga hujum qilgan. Zelenskiy Osloga uchib kelgan aeroport ushbu chegara punktidan taxminan ikki soatlik masofada joylashgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.