Mahalliy

MND tomonidan amalga oshirilgan "Chimyondagi sayyohlik zonasi"dan soʻng, Frantsiyaning "POMA" kompaniyasi "Uzbek-Courchavel"ni barpo etadi

MND kompaniyasining «Chimyondagi turistik zona» loyihasidan soʻng Frantsiyaning «POMA» kompaniyasi «Uzbek-Courchevel»ni amalga oshirishga kirishmoqda

Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Suhrobjon Bobokalonov Frantsiya Yevropa va tashqi ishlar vazirining barqaror shaharlar va transport masalalari boʻyicha maxsus vakili Jerar Volf bilan uchrashuv oʻtkazdi. Muzokaralarda Frantsiyaning respublikadagi Favqulodda va muxtor elchisi Ualid Fuk ham ishtirok etdi.

Tomonlar turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, madaniy meros obʼyektlari salohiyatidan oqilona foydalanish, infratuzilmani rivojlantirish va malakali kadrlar tayyorlashni muhokama qildilar. Oʻzbekiston tomoni mehmonlarga mamlakatda xorijiy sayyohlar oqimini oshirish va mintaqaviy turizmni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida soʻzlab berdi.

Jepap Volf hamkorlikning keng istiqbollarini taʼkidlab, madaniy yodgorliklarning turistik jozibadorligini oshirish, mehmondoʻstlik industriyasi uchun kadrlar tayyorlash va turizmning iqtisodiyotga qoʻshayotgan hissasini koʻpaytirish uchun Frantsiya tajribasidan foydalanishni taklif etdi. Oʻz navbatida, «Wilmotte & Associés Architectes» kompaniyasi bosh direktori Borina Andriye infratuzilmani takomillashtirish va taʼlim dasturlarini ishlab chiqishdan manfaatdor ekanini bildirib, shaharsozlik sohasidagi muzokaralar allaqachon olib borilayotganini taʼkidladi.

Bundan tashqari, ishtirokchilar togʻ turizmini rivojlantirishni muhokama qildilar. Xususan, Frantsiyaning «MND» kompaniyasi «Chimyon» turistik zonasini tashkil etish loyihasi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etdi, shuningdek, keyingi bosqichda «POMA» kompaniyasi bilan birgalikda «Uzbek-Courchevel» loyihasini amalga oshirish rejalarini bildirdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.