Mahalliy

Fransiya IIVning O‘zbekistondagi vakili Toshkentda faoliyatini boshladi

Fransiya IIVning O‘zbekistondagi vakili Toshkentda ish boshladi

Fransiya Ichki ishlar vazirligining O‘zbekistondagi vakili Siril Gu Toshkentda o‘z faoliyatini boshladi.

Shu munosabat bilan 17-sentyabr kuni O‘zbekiston IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Siril Gu Fransiya IIV tomonidan Markaziy Osiyo davlatlarining huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish uchun masʼul etib tayinlanganini maʼlum qildi.

Shuningdek, uning Toshkent shahrida faoliyat yuritishi O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi huquq-tartibot sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi.

Muloqot chog‘ida Fransiya va O‘zbekiston ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, xususan, xodimlar malakasini oshirish, o‘zaro tajriba almashish hamda yuqori darajadagi o‘zaro tashriflarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar hamkorlikni yanada jadallashtirish va mavjud aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha birgalikda ishlashga kelishib oldi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi rahbariyati Siril Guga masʼuliyatli faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.

Avvalroq prezident topshirig‘iga asosan podpolkovnik Dilnoza Rajabovaga polkovnik unvoni berilgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.