Mirziyoyev Serbiyaga rasmiy tashrif bilan joʻnab ketdi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Vuchich bilan muzokaralar oʻtkazish va Oʻzbekiston-Serbiya biznes-forumida ishtirok etish uchun Serbiyaga joʻnab ketdi.

Mirziyoyev Serbiyaga rasmiy tashrif bilan keldi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan ushbu mamlakatga rasmiy tashrif bilan joʻnab ketdi. Bu haqda Oʻzbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Belgradda oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki mamlakat rasmiy va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Tashrif doirasida tomonlar koʻp qirrali Oʻzbekiston-Serbiya hamkorligini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.
Oʻzbekiston Prezidentining tashrif dasturidan oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish ham oʻrin olgan.

