Mahalliy

Shavkat Mirziyoyev 7–8-sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Serbiyada bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev 7–8-sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Serbiyada bo‘ladi

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan Shavkat Mirziyoyev 7–8-sentyabr kunlari ushbu mamlakatga rasmiy tashrif bilan boradi.

Tashrif dasturiga ko‘ra, Belgrad shahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki davlatning rasmiylari va ishbilarmon doiralari vakillari qatnashadigan biznes forumi tashkil etiladi.

Kutilayotgan uchrashuvlar kun tartibida O‘zbekiston—Serbiya ko‘p qirrali sherikligini yanada mustahkamlash masalalari bor.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek transport, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, axborot texnologiyalari kabi ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, tartibli mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, hududlararo va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari ham muhokama qilinadi.

Sammit yakunida hukumatlararo va idoralararo kelishuvlarning salmoqli to‘plami qabul qilinishi rejalashtirilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.