Mahalliy

Milliy gvardiyaga xizmatga kirish istagida bo‘lganlar uchun yangi qulaylik e’lon qilindi

Endilikda buning uchun my.gov.uz portali orqali masofadan turib onlayn ariza topshirish mumkin

Milliy gvardiyaga xizmatga kirish istagidagilar uchun yangi qulaylik haqida ma’lum qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tarkibida kontrakt asosida harbiy xizmatni o‘tash yoki maxsus unvonli xodimlar lavozimiga ishga kirishni xohlovchi fuqarolar uchun qulay imkoniyat yaratildi. Endilikda buning uchun my.gov.uz portali orqali masofadan turib onlayn ariza yuborish mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun my.gov.uz portalida avtorizatsiyadan o‘tib, tegishli so‘rovnomani to‘ldirish kerak. Shundan keyin Milliy gvardiyaning mas’ul xodimlari ma’lumotlarni ko‘rib chiqadi va nomzodni saralash bosqichlariga yo‘naltiradi.

Murojaatlar 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va saralash tadbirlariga ruxsat berilgani yoki rad etilgani haqida bildirishnoma yuboriladi. Dastlabki o‘rganishdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar belgilangan manzilda amaliy va jismoniy sinovlardan o‘tadilar.

Ariza topshirish jarayonida yashash joyidagi poliklinikadan sog‘liq holati to‘g‘risida ma’lumotnoma, shuningdek, mavjud bo‘lsa, sport sohasidagi yutuqlar, xorijiy tillarni bilish darajasi, IT kurslari va «Vatanparvar» tashkiloti sertifikatlari talab etiladi.

Mazkur xizmat mutlaqo bepul bo‘lib, fuqarolar vaqtini tejagan holda uydan chiqmasdan turib ariza yuborishlari mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.