Iqtisodiyot

Microsoft 60 ming xodimiga ixtiyoriy ravishda ishdan bo‘shashni taklif qildi

Microsoft xarajatlarni kamaytirish maqsadida 60 ming nafar xodimiga kompensatsiya evaziga o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shashni taklif qildi. Bu kompaniya global ishchi kuchining to‘rtdan biridan ko‘pini tashkil etadi. Taklif muhandislar va top menejerlarga taalluqli emas.

Microsoft 60 ming xodimiga ixtiyoriy ravishda ishdan bo‘shashni taklif qildi

Microsoft kompaniyasi 60 ming nafar xodimiga kompensatsiya puli to‘lab berish sharti bilan o‘z ixtiyori bilan ishdan bo‘shashni taklif qildi, deb xabar bermoqda. Bu kompaniyadagi umumiy ishchilarning to‘rtdan biridan ko‘prog‘iga to‘g‘ri keladi.

Dastur AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya va Hindistondagi xodimlarga taalluqli bo‘lib, muhandislar va yuqori bo‘g‘in rahbarlari bundan mustasno. Ushbu taklif qamroviga tushgan xodimlar ishdan bo‘shash bo‘yicha qarorni dekabr oyi boshiga qadar qabul qilishlari lozim.

Business Insider nashri, o‘z navbatida, ushbu tashabbusni “Microsoft`ning majburiy ishdan bo‘shatishlar to‘lqinidan qochgan holda xodimlar sonini qisqartirishga bo‘lgan navbatdagi urinishi” deb atamoqda.

Nashrning qayd etishicha, sun’iy intellekt infratuzilmasiga yo‘naltirilayotgan yirik investitsiyalar fonida kompaniya xarajatlarni kamaytirish yo‘llarini izlamoqda. Yillik hisobot ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 30-iyun holatiga Microsoft global miqyosda to‘liq stavkada ishlovchi 223 000 nafar xodimga ega edi.

“Ushbu taklif kelajagini kompaniyadan tashqarida ko‘rayotgan xodimlarga bu jarayonni hozirning o‘zida, qo‘llab-quvvatlov ostida amalga oshirish uchun yangi imkoniyat yaratadi. Shuningdek, u dasturda ishtirok etayotgan bo‘linmalarga o‘z ishchi kuchini o‘zgarib borayotgan ehtiyojlarga moslashtirishning yana bir usulini taqdim etadi”, — deyiladi kadrlar bo‘yicha bosh direktor Emi Koulmanning xodimlarga yo‘llagan bildirishnomasida (Reuters iqtibosi).

Aprel oyida Microsoft AQShda yoshi va kompaniyadagi ish stajining umumiy yig‘indisi 70 yildan oshgan xodimlarga ham ixtiyoriy ravishda ishdan bo‘shashni taklif qilgandi. Bunday shartlarga taxminan 9 ming kishi (ishchi kuchining taxminan 7 foizi) to‘g‘ri kelgan bo‘lib, ularning qariyb uchdan bir qismi taklifga rozi bo‘lgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.