MIB yil boshidan beri 3 trillion so‘m aliment undirdi
Qayd etilishicha, MIB o‘tgan davrda jami 54,8 trillion so‘mlik mablag‘ undirildi. Bu o‘tgan yilning mos

MIB yil boshidan beri 3 trillion so‘m aliment undirgan
OAV uchun kontent tayyorlash markazida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda joriy yil davomida ijro hujjatlari bo‘yicha bajarilgan ishlar natijalari e’lon qilindi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan davrda jami 54,8 trillion so‘mlik mablag‘ undirildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,4 trillion so‘mga yuqori. Shundan 36,7 trillion so‘mi davlatga, 16,5 trillion so‘mi tadbirkorlik va boshqa subyektlarga, 1,6 trillion so‘mdan ortig‘i esa fuqarolar manfaatlari uchun yo‘naltirildi. Davlatning majburlov mexanizmlaridan foydalanmasdan 2,2 trillion so‘mlik hujjatlar ijrosi ham ta’minlandi.
Ijtimoiy yo‘nalishda 3 trillion so‘m aliment mablag‘i undirildi. “Aliment to‘lovlari” jamg‘armasi hisobidan 565 nafar fuqaroga 30,5 milliard so‘m to‘lab berildi. Manzilli ishlar natijasida 21 mingdan ortiq fuqaro ishga joylashtirildi, 11,2 mingdan ortiq oila yarashtirildi.
Shuningdek, noqonuniy ishdan bo‘shatilgan 508 nafar fuqaro ishga tiklanib, ular foydasiga 21,6 milliard so‘m ish haqi undirildi. “Daftarlar” bilan bog‘liq jamg‘armalarga 1,3 trillion so‘m yo‘naltirildi — bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 222 milliard so‘m ko‘p.

