Mahalliy

Ota aliment majburiyatini uy va avtomobil bilan oldindan ta’minladi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida ikki nafar farzand uchun aliment to‘lovlari ular 18 yoshga to‘lguniga qadar

Ota aliment majburiyatini uy va avtomobil bilan oldindan ta’minladi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida ikki nafar farzand uchun aliment to‘lovlari ular 18 yoshga to‘lguniga qadar oldindan ta’minlandi. Aliment majburiyati bo‘yicha hisoblangan summa 319 mln 322 ming 903 so‘mni tashkil etdi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining sud buyrug‘iga muvofiq, F.Ch.dan ikki nafar farzandi ta’minoti uchun uning oylik ish haqi va boshqa daromadlarining uchdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan edi.

Davlat ijrochisi tomonidan berilgan huquqiy tushuntirishlar va profilaktik suhbatlardan keyin qarzdor har oy aliment to‘lab borish o‘rniga, farzandlari 18 yoshga to‘lguniga qadar to‘lanishi kerak bo‘lgan mablag‘ni oldindan to‘liq ta’minlash yo‘lini tanladi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, ikki nafar farzand uchun alimentning jami miqdori 319 mln 322 ming 903 so‘mni tashkil etgan va ushbu majburiyat oldindan bajarilgan.

Shuningdek, Mirobod tumanlararo sudi kelishuv bitimini tasdiqladi. Unga ko‘ra, qarzdor farzandlari voyaga yetguniga qadar ularning ta’minoti uchun Mirobod tumanida joylashgan uy-joy hamda Nexia 3 rusumli avtomobil berish orqali ham aliment majburiyatini ta’minlagan.

Belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilgani sababli ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tugatildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.