«Miçigan, biz buni uddaladik»: AQŞ Senatiga ilk bor musulmon saylandi
Miçigan ştatida progressiv demokrat Abdul Al-Said respublikaçi Mayk Rojersni yengib, AQŞ tarixida Senatga saylangan ilk musulmonga aylandi. Ştatdagi eng qimmat saylovoldi kuraşi uning dini va ismiga qaratilgan hujumlar bilan keçgandi.

«Miçigan, biz buni uddaladik»: AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
3-noyabr kuni o‘tkazilgan oraliq saylovlarda Miçigan shtatidan AQŞ Senatiga nomzod bo‘lgan progressiv demokrat Abdul Al-Said respublikachi Mayk Rojersni mag‘lub etdi. 42 yoshli Al-Said AQŞ tarixida Senatga saylangan ilk musulmon bo‘ldi, u yanvarda lavozimga kirishadi.
Ovozlarning 96 foizi sanalganda Al-Said 2 million 480 mingdan ko‘proq — 52,4 foiz, Rojers esa 2 million 154 mingdan ortiq — 45,6 foiz ovoz to‘plagan. Libertarlar partiyasidan Lidiya Kristensen 1 foiz ovoz olgan.
Al-Said qayta saylovda qatnashmagan demokrat senator Geri Piters o‘rnini egallaydi. Shu tariqa demokratlar 1979-yildan beri o‘z qo‘lida bo‘lgan o‘rinni saqlab qoldi.
So‘nggi so‘rovnomalar Al-Saidni biroz oldinda ko‘rsatgan bo‘lsa-da, poyga oxirigacha keskin hisoblangan.
Al-Said Detroyt, Grand-Rapids, Lansing va Flint kabi yirik shaharlar joylashgan okruglarda ustunlik qilgan. Shtatning qishloq hududlari esa asosan Rojersga ovoz bergan.
«Siz nafratni tanladingiz, Miçigan esa umidni»
Sobiq sog‘liqni saqlash amaldori Abdul Al-Said g‘alabasini AP va yirik telekanallar natijani e’lon qilishidan bir soatcha oldin nishonladi. U Detroytda Miçigan demokratlari uyushtirgan tadbirda sahnaga chiqdi va:
«Miçigan, biz buni uddaladik»,
dedi.
Uning nutqi odatiy g‘alaba nutqlariga o‘xshamadi: Al-Said birlik va ikki partiya hamkorligiga chaqirmadi. U o‘z kampaniyasini umid kampaniyasi, raqibi — sobiq kongressmen va FQB agenti Mayk Rojers kampaniyasini esa korporatsiyalar puli bilan yuritilgan reklama kampaniyasi sifatida tasvirladi.

