Demokratlar Kanzasda 94 yil ichida ilk bor Senatda g‘alaba qildi
AQShdagi oraliq saylovlarda Demokratik partiya 94 yil ichida ilk bor Kanzas shtatidan Senatdagi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Nomzod Adam Hemilton 51 foiz ovoz to‘plab, amaldagi respublikachini mag‘lub etdi.

Demokratlar Kanzasda 94 yil ichida ilk bor Senatda g‘alaba qildi
Demokratik partiya nomzodi Adam Hemilton amaldagi respublikachi senator Rojer Marshallni ortda qoldirib, Kanzas shtatidan AQSh Senatiga o‘tkazilgan saylovda g‘alaba qozondi.
NYT ma’lumotiga ko‘ra, Hemilton 51 foiz, Marshall esa 46 foiz ovoz to‘plagan. Libertarian partiyasi nomzodi Devid Gremga saylovchilarning 3 foizi ovoz bergan.
“Rahmat, Kanzas. Menga bildirgan ishonchingiz hamda Vashingtonda sizning manfaatlaringiz uchun kurashish imkoniyatini berganingiz uchun tashakkur. Tez orada yana ko‘rishamiz”, — deb yozdi Hemilton o‘zining X sahifasida.
Demokratlar 1932-yildan beri ilk bor Kanzas shtatida Senat saylovida g‘alaba qozondi.
3-noyabr kuni AQShda Kongressga oraliq saylovlar bo‘lib o‘tdi. Amerikaliklar Vakillar palatasining barcha 435 nafar a’zosini va 35 nafar senatorni sayladi. Ovoz berishdan oldin respublikachilar quyi palatada minimal ustunlikka ega edi — demokratlardagi 214 o‘ringa qarshi 218 o‘rin.
Shu tariqa, oraliq saylovlarda Demokratik partiya ham Senatda, ham Vakillar palatasida ko‘pchilik o‘rinni egalladi. Ular hatto respublikachilarning tayanchi bo‘lgan shtatlarda ham ustun keldi. Prezident Donald Tramp natijalardan “biroz hayratda” ekanini bildirdi.
U respublikachi Greg Ebbotni mag‘lub etib, sensatsiya qayd etdi. Hududdagi AQSh Senati uchun saylovda ham demokrat Jeyms Talariko g‘olib bo‘ldi.

