Dunyo

Mask Ukrainani Starlink qoidalarini buzganlikda aybladi

Ilon Maskning taʼkidlaşiça, Starlink’dan odamlarni öldiriş maqsadida foydalanişga ruxsat berilmagan.

Mask Ukrainani Starlink qoidalarini buzganlikda aybladi

Ukraina armiyasi Starlink sunʼiy yoʻldosh aloqa tizimidan foydalanish shartlarini buzgan va undan dronlar orqali odamlarni oʻldirish uchun zarba berishda foydalangan, deb yozdi.

«Tijoriy fuqarolik servisi boʻlgan Starlink’dan odamlarni oʻldirish maqsadida dronlar bilan hujum zarbalarini berish uchun foydalanishga hech qachon ruxsat berilmagan va ruxsat berilmasligi kerak. Boshqa tizim — Starshield AQSh hukumati nazorati ostida. Undan qanday foydalanishni hal qilish faqat ularning ixtiyorida», - deya qoʻshimcha qildi u.

Mask, shuningdek, Starlink Ukraina mudofaasi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini, chunki u «ishdan chiqarish yoki yoʻq qilish imkonsiz boʻlgan yagona tizim» ekanini aytdi.

«Agar Starlink oʻchirilsa, Ukraina fronti shu zahoti qulaydi. Bu tahdid emas, balki shunchaki faktni qayd etish», - deya taʼkidladi u.

Starlink — SpaceX kompaniyasining keng polosali internetga ulanish imkonini beruvchi tijoriy sunʼiy yoʻldosh tarmogʻi boʻlib, undan jismoniy shaxslar, kompaniyalar va davlat tuzilmalari foydalanadi.

Starshield — SpaceX kompaniyasining milliy xavfsizlik sohasidagi davlat vazifalari uchun moʻljallangan alohida yoʻnalishi. U himoyalangan aloqa, Yerni kuzatish va sunʼiy yoʻldoshlarga maxsus uskunalarni joylashtirishni oʻz ichiga oladi. Ushbu tizim qoʻshimcha kriptografik himoya vositalari va maxfiy maʼlumotlar bilan ishlash imkoniyatini ham beradi.

Shu bilan birga, Starshield Starlink texnologiyalaridan foydalanadi, uning ayrim aloqa xizmatlari esa xuddi shu sunʼiy yoʻldoshlar guruhi va yerusti infratuzilmasiga tayanadi. Asosiy farq ularning vazifasi va nazoratida: Starlink — SpaceX boshqaruvidagi tijoriy xizmat, Starshield tizimlari esa AQSh hukumati nazorati ostida.

Ukraina dronlarini aloqa bilan taʼminlaydigan Starshield faoliyatidagi cheklovlar haqidagi dastlabki xabarlar 14-oktabrga oʻtar kechasi paydo boʻldi. Ukraina mudofaa vazirining sobiq maslahatchisi Sergey Sternenko terminallar soatiga 160 kilometrdan yuqori tezlikda harakatlanganida aloqa uzilganini maʼlum qildi. Keyinroq u cheklovlar kuchaytirilganini bildirib, aloqa endi soatiga 60–70 kilometr tezlikda ham uzilayotganini aytdi. Uzilishlar dronlarni boshqarish, oldingi chiziqdagi boʻlinmalarni taʼminlash va front ortidagi obyektlarga zarba berishni qiyinlashtirgan.

The Economist nashri maʼlumotlariga koʻra, Mask Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga bergan zarbalari uchun Kievni jazolash maqsadida Starlink’ning Ukrainada ishlashini cheklashga buyruq bergan. Nashr suhbatdoshlaridan biri SpaceX rahbari cheklovlarni joriy etganidan keyingina Oq uy bilan bogʻlanganini aytgan. Ukrainada Starlink ishini cheklashga Mask shaxsan buyruq bergani haqida avvalroq The Wall Street Journal ham...

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.