Mashhur Nigeriya goppel xandandasi Toluwanisings vafot etdi
Uning oilasi muxlislarga murojaat qilib, ushbu motam kunlarida uning ayoli, farzandlari va oilasini duolarda yodga olishni soʻradi.

Taniqli nigeriyalik gospel xonandasi Toluwanisings vafot etdi
Toluwanisings'ning oilasi muxlislardan ushbu motam kunlarida ularni duoda eslashlarini soʻradi
Nigeriyaning eng mashhur gospel xonandalaridan biri, Toluwanisings taxallusi bilan tanilgan Olayemi Bayonile Bolaji vafot etganini uning oilasi maʼlum qildi.
Marhumning Instagram sahifasida joylashtirilgan bayonotda oilasi xonandaning chorshanba, 14 oktyabr kuni erta tongda "bu dunyo bilan xayrlashganini" aytdi.
Shuningdek, ular muxlislardan ushbu motam kunlarida uning ayoli, farzandlari va oilasini duolarida yodga olishlarini soʻradilar.
Oilaning maʼlum qilishicha, dafn marosimi tafsilotlari vaqti kelib eʼlon qilinadi.
Mavjud maʼlumotlarga koʻra, Toluwanisings 11 yildan beri kuylab kelayotgan edi.
Унинг оммабоп қўшиқлари орасида Unreserved Praise, A Very Big God, Onibuore, E Lagbara ва Owo Re Meji Meji кабилар бор.
Chorshanba kuni uning oʻlimi haqida dastlabki xabarlar paydo boʻlganidan keyin va oilasi tomonidan tasdiqlangunga qadar ijtimoiy tarmoqlardagi minglab muxlislari orasida xavotir paydo boʻldi.
Xabar tarqalar ekan, xonandani taniganlarning koʻpchiligi bu xabarning yolgʻon boʻlib chiqishini soʻrab duo qilishdi.
Toluwanisings'ning oʻlimi u oʻz musiqiy guruhi aʼzolari bilan birga yoʻl-transport hodisasiga uchraganidan bir necha oy oʻtib yuz berdi.
Uning oʻlimi eʼlon qilinganidan soʻng, hamkasblari va muxlislari tomonidan taʼziyanomalar kelishi davom etmoqda.
Munosabat bildirganlar orasida taniqli yurist Pelumi Olajengbesi va avvalroq xonanda uchun duo qilishga chaqirgan komik Voli Agba ham bor.

