Marsga parvoz uçun tayyorgarlik körayotgan NASA ekipaji 378 kunlik izolyatsiyadan çiqdi
NASA Mars missiyasiga tayyorgarlik körayotgan tört nafar astronavt izolyatsiyadan çiqdi. Parvozga tayyorgarlik bosqiçi hisoblangan uşbu jarayon 378 kun davom etdi. Bu vaqt mobaynida astronavtlar Hyuston yaqinidagi Lindon Jonson nomidagi Koinot markazida joylaşgan, 3D-printer yordamida maxsus tayyorlangan 158 kv. m maydonli modulda yaşadi.

Marsga parvozga tayyorgarlik ko‘rayotgan NASA ekipaji 378 kunlik izolyatsiyadan chiqdi.
Ekipaj tarkibida missiya komandiri Ross Elder, ilmiy xodim Metyu Montgomeri, tibbiyot xodimi Ellen Ellis hamda bort muhandisi Jeyms Spayser bor edi.
Astronavtlar 2025-yil 19-oktabrdan beri izolyatsiyada bo‘lgan. Shu davr mobaynida ular NASA vakillari bilan xuddi Marsga parvoz chog‘ida kuzatiladigan aloqa uzilishlari (kechikishlari) sharoitida muloqot qilib kelgan. Reuters nashrining yozishicha, astronavtlar o‘z modulining ishlash holatini ham saqlab turgan va Marsdagi faoliyatni imitatsiya qiluvchi vazifalarni bajargan. Masalan, ular ushbu sayyora gruntiga o‘xshash tuproqda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirgan.
Endi astronavtlarni NASA olimlari bilan birgalikda missiya natijalarini baholash bo‘yicha ikki haftalik davr kutmoqda. Ularning maqsadlaridan biri — astronavtlar uzoq muddatli kosmik parvozga, undagi kun tartibiga va bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarga qanday qilib yaxshiroq moslashishi mumkinligini tushunishdan iborat. Bu shu kabi ikkinchi sinov bo‘ldi — 2023–2024-yillarda boshqa bir ekipaj ham izolyatsiyada 378 kun o‘tkazgan edi.
NASA Marsga boshqariladigan missiya tashkil etishni rejalashtirmoqda. Uning aniq muddatlari belgilanmagan, biroq parvoz 2030-yillarda amalga oshirilishi mumkin, deb qayd qildi agentlik.

