Maktab oʻquvchilariga — 2027 yildan tennis, Osiyo chempionlariga — 25 ming dollargacha
2027 yildan boshlab Oʻzbekiston maktablarida tennis rivojlantirila boshlanadi, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari sovrindorlari esa koʻpaytirilgan toʻlovlarni oladilar. Tegishli chora-tadbirlar yangi qarorda koʻzda tutilgan. 1 yanvardan boshlab maktablarda Juniors Tennis Initiative dasturi ishga tushiriladi. 1–4-sinf oʻquvchilari jismoniy tarbiya darslarida tennis boʻyicha boshlangʻich mashqlar bilan shugʻullanishlari mumkin boʻladi. Tennis yoʻnalishini yanada rivojlantirish uchun maktablar qiziqishlarni hisobga olgan holda tanlab olinadi […]

Maktab oʻquvchilariga — 2027 yildan tennis, Osiyo chempionlariga — 25 ming dollargacha
2027 yildan Oʻzbekiston maktablarida tennis rivojlantirila boshlanadi, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari sovrindorlari esa oshirilgan toʻlovlarni oladilar. Ushbu chora-tadbirlar yangi qarorda koʻzda tutilgan.
1 yanvardan maktablarda Juniors Tennis Initiative dasturi boshlanadi. 1–4-sinf oʻquvchilari jismoniy tarbiya darslarida boshlangʻich tennis mashqlarini bajarishlari mumkin boʻladi.
Tennis yoʻnalishini yanada rivojlantirish uchun maktablar oʻquvchilarning qiziqishi va sport infratuzilmasini hisobga olgan holda tanlab olinadi. Ularda sektsiyalar ochiladi, inventarlar, jumladan tennis wall xarid qilinadi, mashgʻulotlarni esa sport maktablari trenerlari olib boradi.
Shu bilan birga, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari medaldorlariga beriladigan bir martalik toʻlovlar miqdori oshirildi. Oltin medal uchun sportchi 25 ming dollar, kumush uchun — 12,5 ming dollar, bronza uchun esa — 6,25 ming dollar oladi.
Gʻolib va sovrindorlarning trenerlariga ham oltin medal sohibini tayyorlagani uchun 10 ming dollargacha toʻlovlar koʻzda tutilgan.

