Mahalliy

Mahallabay tizim: 8 oyda 180 ming kishi daromad manbasiga ega bo‘ldi

**Mahallabay tizim: 8 oyda 180 ming kishi daromad manbasiga ega bo‘ldi**

Prezidentimiz tomonidan hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirish yuzasidan bir qator muhim vazifalar belgilangan edi. Ushbu topshiriqlar ijrosini taʼminlash hamda joylarda aholi farovonligini oshirish maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan bir qator tegishli qarorlar qabul qilindi.

Mazkur qarorlar ijrosi doirasida yoʻlga qoʻyilgan yangi tizim oddiy kredit yoki moliyaviy koʻmak berish bilangina cheklanmay, balki har bir mahallada yurtdoshlarimizga oʻz kuchiga ishonchni qaytarish va oilalar toʻkinligini taʼminlash mexanizmiga aylandi.

Bu yoʻnalishda Xalq banki oʻziga biriktirilgan salkam 1 900 ta mahallaga 700 dan ortiq “Mahalla bankirlari” hamda 1 900 ga yaqin agentni safarbar etdi. Ular har bir xonadon eshigini qoqib, tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan, biroq ishni nimadan boshlashni bilmagan yurtdoshlarimizga manzilli yoʻl-yoʻriq bera boshladi.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida yaratilgan ushbu imkoniyatlar va tizimli hamkorlik aniq amaliy natijalarda oʻz ifodasini topdi.

Doimiy ish oʻrniga ega boʻlmagan 180 mingdan ortiq fuqaro soʻnggi 8 oy ichida mahallabay koʻmak tizimi orqali mustaqil daromad manbasiga ega boʻldi.

Prezident tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar tufayli aholini tadbirkorlikka jalb etish faqat moliyaviy yordam bilan cheklanib qolmay, har bir xonadonning ichki imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga xizmat qilmoqda. Natijada ilgari oʻz daromadiga ega boʻlmagan minglab oilalar bugun nafaqat oʻzini, balki qoʻshnilarini ham ish bilan taʼminlaydigan darajaga yetdi.

**Oʻz biznesini boshlaganlar:** yaratilgan imtiyozlar sabab “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi orqali 85 ming kishi, tayyor “Loyiha paketlari” koʻmagida esa 20 mingdan ortiq fuqaro oʻz ishini yoʻlga qoʻydi.

**Ayollar tadbirkorligi:** “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga 70 mlrd soʻmdan ortiq imtiyozli kreditlar ajratildi. Bu ayollarning jamiyatda va oilada oʻz oʻrnini topishiga berilgan manzilli dastakdir.

**Biznesga ilk qadam:** kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun 8 oyda 7 trln soʻmdan ortiq resurslar yoʻnaltirilib, minglab yangi tadbirkorlar oyoqqa turdi.

“Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili doirasida aholiga ajratilgan yer maydonlari bugun haqiqiy daromad manbaiga aylandi. Hududlarga biriktirilgan 29 nafar malakali agronom dehqonlar bilan yonma-yon turib, toʻgʻri ekin tanlash va hosildorlikni oshirishga koʻmaklashdi. Natijada 8 oy davomida 19 mingga yaqin dehqon xoʻjaligi 866 mlrd soʻmlik mahsulot yetishtirib, har bir oila oʻrtacha 45 mln soʻmdan daromad oldi.

Yerdan unumli foydalanish, innovatsion usullarni joriy etish va ekinlarni toʻgʻri parvarishlash boʻyicha koʻrsatilgan amaliy yordam dehqonlarimiz mehnatiga baraka kiritdi. Bu esa qishloq joylarda mehnat qilayotgan har bir yurtdoshimizning oʻz mulkiga va yerga boʻlgan munosabatini tubdan oʻzgartirdi.

**Bandixon tumani, “Paxtakor” MFY:** Yer ajratilgan 157 nafar fuqaro birgina koʻkat yetishtirish orqali 1-ekindan 56 mln soʻmgacha daromad qildi.

**Oltinsoy tumani, “Bibizaynab” MFY:** 102 ta oila 50 gektar maydonda piyoz yetishtirib, qisqa fursatda 70 mln soʻmgacha sof foyda olishga erishdi.

**Doʻstlik tumani, “Oltin vodiy” MFY:** 10 nafar mahalladoshimiz ajratilgan yerda qovun yetishtirib, gektaridan 140 mln soʻmgacha daromad koʻrdi.

Shuningdek, yetishtirilgan mahsulotni sotish va saqlashda muammo boʻlmasligi uchun jami 45,1 mlrd soʻmlik 102 ta qayta ishlash va qadoqlash loyihalari moliyalashtirilmoqda.

Davlatimiz tomonidan yaratilayotgan sharoitlar va manzilli imtiyozlar mahallabay tizim orqali bugun minglab oilalarning taqdirini va hayot darajasini ijobiy tomonga oʻzgartirmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.