Mahalliy

Mutasaddilarga 350 ming odamni doimiy ishga joylashtirish vazifasi qo‘yildi

Sentyabr–dekabr oylarida 350 ming odamni doimiy ishga joylashtirish, yana 1 million aholining daromadini oshirish va

Mutasaddilarga 350 ming odamni doimiy ishga joylashtirish vazifasi yuklatildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda viloyat va tuman hokimlari shtablar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yib, yaratilgan yangi imkoniyatlardan to‘liq foydalanishi shartligi ta’kidlandi.

Belgilanishicha, hududlar rahbarlari sentyabr–dekabr oylarida 350 ming odamni doimiy ishga joylashtirish va yana 1 million aholining daromadini oshirish bo‘yicha majburiyat oladi.

Shuningdek, yil yakuniga qadar 230 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish vazifasi qo‘yildi.

Har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq mexanizm va harakatlar algoritmini ishlab chiqish, mahalla darajasida mas’ullarni belgilash zarurligi qayd etildi.

Xitoy tajribasi asosida tuman va mahallalarda aholi bilan bevosita ishlaydigan xodimlar uchun aniq ko‘rsatmalar ishlab chiqish topshirildi.

Yig‘ilish yakunida mutasaddilar va hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.