Mahalliy

Hokimlar endi haftada 3 kun kambag‘allik va bandlik masalalari bilan shug‘ullanadi

Hokimlar endi haftada 3 kun kambag‘allik va bandlik masalalari bilan shug‘ullanadi

O‘zbekistonda kambag‘allik bilan ishlash bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi. Bu haqda 3-sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Mazkur tizimga ko‘ra:

- “mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar, viloyat va tuman hokimlari hamda banklar kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tadi;

- har bir viloyat va tumanda hokim boshchiligida shtablar tashkil etiladi;

- banklar va bandlikka ko‘maklashish idoralari ushbu shtablarga joylardagi masalalarni hal etishda yordam beradi;

- viloyat, tuman va shahar hokimlari butun iqtisodiy kompleks bilan haftada uch kun faqat kambag‘allik va bandlik masalalari bilan shug‘ullanadi.

Yig‘ilishda kambag‘allik darajasi pasayib, ehtiyojmand aholi soni kamaygani, biroq ayrim mahallalarni ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish bo‘yicha mas’ullar faoliyatida natija yetarli emasligi aytilgandi. Shavkat Mirziyoyev ayrim hudud rahbarlari odamlarni ishli qilishga bilimi yoki toqati yetmayotganini tanqid qilgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.