Londondagi xalqaro festival mehmonlari uchun oʻzbek palovi tayyorlandi
Anʼanaviy oʻzbek palovi toʻgʻridan-toʻgʻri Londondagi World Halal Food Festival-2026 xalqaro festivali maydonchasida tayyorlandi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda. Oʻzbekistonning «Oshpaz» restorani jamoasi taomni choʻyan qozonlarda anʼanaviy retsept boʻyicha tayyorladi. Festival mehmonlari palovdan tatib koʻrishlari va uni tayyorlash jarayonini kuzatishlari mumkin edi. Taom tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uygʻotdi. Ayniqsa, anʼanaviy tayyorlash usuli hamda guruch, […] aralashmasi alohida eʼtiborni tortdi.

Londondagi xalqaro festival mehmonlari uchun oʻzbek palovi tayyorlandi
Londondagi World Halal Food Festival-2026 xalqaro festivali maydonchasida anʼanaviy oʻzbek palovi toʻgʻridan-toʻgʻri tayyorlandi.
«Oshpaz» oʻzbek restorani jamoasi taomni anʼanaviy retsept boʻyicha choʻyan qozonlarda pishirdi. Festival mehmonlari palovdan tatib koʻrish va uni tayyorlash jarayonini kuzatish imkoniyatiga ega boʻldilar.
Taom tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uygʻotdi. Ayniqsa, anʼanaviy pishirish usuli hamda guruch, sabzi, goʻsht va ziravorlarning uygʻunligi alohida eʼtiborni tortdi.
Bu yil World Halal Food Festival 25 ta davlatdan 200 dan ortiq ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlarni birlashtirdi. Ikki kun davomida tadbirga 20 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi.
Festivaldagi ishtirok oʻzbek milliy taomlari anʼanalarini xalqaro auditoriyaga taqdim etish imkonini berdi.

