Litvada havo trevogasi eʼlon qilindi va poytaxt aeroporti yopildi
Trevoga sababli NATO qiruvchi samolyotlari havoga koʻtarilgan.

Litvada havo trevogasi eʼlon qilindi va poytaxt aeroporti yopildi
Litvada ehtimoliy dron tufayli havo trevogasi eʼlon qilingani haqida xabar berildi, deb yozdi. Vilnyus aeroportida parvozlar vaqtincha toʻxtatildi.
Xabarga koʻra, havo trevogasi Vilnyus, Trakay, Elektren tumanlari hamda Vilnyus shahrida eʼlon qilingan. Litva armiyasi aholini xavfsiz boshpanalarni oldindan aniqlab qoʻyishga chaqirgan.
NATO qiruvchi samolyotlari havoga koʻtarilgan.
Vilnyus xalqaro aeroporti Litva poytaxtidan 6-7 km uzoqlikda joylashgan boʻlib, mamlakatning asosiy havo tuguni hisoblanadi.
Keyinroq LRT trevoga bekor qilinganini, Vilnyus aeroporti faoliyati tiklanganini maʼlum qildi.

